Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazmoqda

Ayni paytda Paxtachi tumanining Fay mahallasida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov aholi uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Unda Fay mahallasi hamda qo‘shni mahallalar aholisi osoyishtalik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq savollariga javob olmoqda.

Jumladan, Bog‘oloni mahallasida yashovchi Eson Turopov hududda bolalar bog‘chasi qurish va maktabga borish uchun piyodalar yo‘lagi barpo etish masalasida murojaat qildi.

- Bolalar bog‘chasi qurish uchun davlatimiz tomonidan qator imtiyozlar yaratilgan, - dedi Sh.Rahmonov. - Bu borada muammo bo‘lmaydi. O‘quvchilarning maktabga xavfsiz qatnashi uchun piyodalar yo‘lagi qurish kelgusi yil dasturiga kiritiladi.

Sayyor qabulda 50 nafardan ziyod fuqaro o‘z muammolari, savollari bilan ishtirok etmoqda.

Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati.