Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida tergovchiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

2020 yilning 18 mart kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tuzilgan tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida yashovchi bir necha fuqarolarning yashash uylari va yordamchi xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida tumanning Zarafshon mahallasi, Istiqlol ko‘chasida yashovchi 43 yoshli Z.J.ning yashash uyidan tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 950 kilogramm toshlar borligi aniqlangan.

Paxtachida tergovchiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tergovchi unga bu harakati noqonuniyligi, pora olish-berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, fuqaro Z.J. 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini takroran ma’lum qilgan.

Tergovchi o‘zining uyali aloqa vositasiga Z.J. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbatni yozib olgan va uni DVD diskka ko‘chirib, Z.J.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab, viloyat IIB boshlig‘ining nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgi asosida 2020 yil 18 mart kuni taxminan soat 15:00 larda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.J. Narpay tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlarining xizmat xonasida 7.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni tergovchiga pora tariqasida bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro Z.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.