Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Paxtachida zamonaviy kutubxona o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimizning joriy yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifida har bir tumanda kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash hamda 19 martdagi 5 ta muhim tashabbusni tumanda keng tadbiq etish maqsadida kuni kecha, 1 iyun kuni Paxtachi tumanida hozircha 11 ming kitob fondiga ega bo‘lgan “Xalq kutubxonasi, Intellekt innovatsion o‘quv markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz o‘zida bilimga chanqoq yoshlar uchun  ko‘plab qulayliklarni jamlagan. Shu jumladan, o‘quv markazida ingliz tili to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, unda 24 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga bepul ta’lim berish ko‘zda tutilgan.

- Olti oylik ingliz tili o‘quv kursini tamomlagan yoshlarimiz bemalol ingliz tilida so‘zlasha oladigan bo‘lishadi. Kutubxona fondini 30 iyun “Yoshlar kuni”gacha 20.000 ga yetkazish imkoniyatimiz bor', - deydi tuman deputati Abdumajid Husanov. - Yil oxirigacha bu ko‘rsatgich 30.000 ga yetadi. Internet tarmog‘i orqali respublikamizning markaziy kutubxonalari elektron fondidan foydalanish imkoniyati mavjudligi shubhasiz, paxtachilik yoshlar uchun yaratilgan qulayliklardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Jamolbek Salomov.