Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda pedagoglar tomonidan qotillik sodir etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi Payariq tumani pedagog xodimlari tomonidan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 24 oktyabrda Samarqand viloyati Payariq tumani, Nakurt mahallasida Aziz S. (1983 yilda tug‘ilgan, o‘qituvchi) va Xamid B. (1984 yilda tug‘ilgan, o‘qituvchi) tanishi Umid S. (1984 yilda tug‘ilgan, veterinariya bo‘limi xodimi) bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashgan. Umid S. tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan va marhumni o‘ziga tegishli avtomashinasiga o‘tqazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Xamid B.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.