Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pora evaziga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim muassasasiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mas’ul xodim pora bilan qo‘lga olindi. Bu xaqda O‘zA xabar bermoqda.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent Davlat agrar universitetining Termiz filiali mas’ul xodimi “J.E.” Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning jiyanini o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga undan 1.900 AQSh dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.