Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shnilari uchun uyida “qimorxona“ ochib bergan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida 2020 yilning 23 aprel kuni soat 20:55 da IIV xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazildi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, tadbirda Namangan shahar Yuqori G‘irvon mahallasida yashovchi 33 yoshli B.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Xonadon egasi shu mahallada yashovchi 5 nafar fuqarolarga har bir o‘yin uchun 1000 so‘mdan pul mablag‘larini olib, ularga qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Loto” o‘yini tashkil etib, moddiy manfaatdorlik ko‘rayotganligi aniqlangan.

Tadbir davomida o‘rtaga o‘yin uchun tikilgan 442.000 so‘m pullar, 36 dona o‘yin kartalari, 24 dona raqamlar yozilgan loto uyini qog‘oz kartalari va 90 dona loto toshlari o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.