Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rektorlar to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi

Kecha Oliy ta’lim vazirligi rahbariyati ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazilib, 2019-2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilgani borasida ma’lumotlar taqdim etildi, deb xabar bermoqda Edu.uz.

Jumladan,

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda –  “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

2019-2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18  foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizini qoplamoqda, xolos (bunda xarajatlarning qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda).

Oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash maqsadida bugungi kunga qadar faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlari va litseylarning 77 251 o‘rinli o‘quv binolari, 3 000 o‘rinli talabalar turarjoylari qo‘shimcha quvvat sifatida oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazib berilib, qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan barcha talabalar (davlat granti va to‘lov-kontrakt)ga bir xil 400 ming so‘m stipendiya belgilanadi. Talabalar o‘zlashtirish darajasi, ilmiy va jamoat ishlaridagi faolligi, qolaversa, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar moddiy rag‘batlantirib boriladi.

(Hozirda tartib ishlab chiqilmoqda, rasman ma’lum qilinadi.)