Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyalik dizayner yangi liboslar to‘plamini «Samarqandga sayohat» deb nomladi

Rossiyalik dizayner Ulyana Sergeyenko yangi 2019/2020 kuz-qish mavsumi oid yangi kolleksiyasini taqdim etdi.

To‘plamning asosiy qahramoni o‘zbek Malikasi bo‘lib, dizayner uni hashamatli liboslar, yopinchiqlar va ipak poyabzallarda yaratdi. Dizaynerning ishlarida yuksak didni ko‘rish mumkin, u liboslar yaltirashi uchun asosiy bezakni toshlarga qaratdi.

Shuningdek, dizaynerning to‘plamida turli ranglarning go‘zal hamohangligini ko‘rish mumkin. Nastarin, qizil, sariq, yashil, to‘q ko‘k, binafsha ranglardagi liboslar juda ham shoxona va nafis.