Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati gaz xo‘jaligi 1 sentyabrda kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘ladi

Mavsumga tayyorgarlik borasida Samarqand shahrida 17,7 kilometr gaz quvurlari qurilgan. Mazkur ishlar natijasida Samarqand shahrining 38 ta mahallasidagi 22 ming 400 ta xonadonlarda gaz ta’minoti yaxshilanadi.

Shuningdek, Payariq tumani Xartang qishlog‘idagi iste’molchilar hamda Imom Buxoriy majmuasida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 18 kilometr yuqori bosimli yetkazib beruvchi gaz tarmog‘i qurilgan. Chelak shaharchasida tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun 1,2 kilometr gaz quvurlari rekonstruksiya qilingan.

Viloyat bo‘yicha mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan 41 ta gaz taqsimlash qurilmalari (GTK)dan 10 tasida zarur tuzatish ishlari amalga oshirilgan. Mavjud 8815 ta GTQdan 4525 tasi taftishdan o‘tkazilib, 826,4 kilometr gaz quvurlarining 307,5 kilometrida zichlikka chidamlilik tekshirilgan.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar joriy yilning 1 sentyabrigacha to‘liq tugatiladi.

Bundan tashqari, suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 2020 yilda 5 ta “ISUZI” rusumli avtomashinalar xarid qilingan va 2 ta maishiy gaz ballonlarini tashuvchi maxsus avtomashinalar olinib, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

"Hududgaz Samarqand" MChJ matbuot xizmati.