Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda hashar kunlari keksa va nogironlarning turar joylari ta’mirlab berildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami oldidan yurtimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Samarqand viloyatida ham ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limida shtab tashkil etilgan. Shtabdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra hasharning birinchi kuni barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida 1 099 766 nafar aholi, shundan 642 291 nafar yoshlar ishtirok etdi. 

Hashar davomida viloyatning 1432 ga maydoni obodonlashtirildi, 2724 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi, 2184 km ariq-zovurlar tozalanib, 943 ta qabriston va 43 ta ziyoratgohlar tartibga keltirildi. Bundan tashqari, 988 944 tup daraxtlarga shakl berildi va oqlandi.

Hashar kunlari viloyatdagi  keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan 2000 ta oilalarning 26 929 kvadrat metr hajmdagi turar joylari ta’mirlab berildi. Shuningdek, ko‘makka muhtoj oilalar, nogiron va yolg‘iz keksalarning 819 nafariga 51 925 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Ayni paytda hasharning ikkinchi kuni ham hamjihatlikda qizg‘in davom etmoqda.

To‘lqin Siddiqov.