Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ichki ishlar organlari xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan ayolga nisbatan prokuratura tomonidan tekshiruv tayinlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi “a,g” va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanuvchi 1982 yilda Paxtachi tumanida tug‘ilgan, Samarqand shahrida X.N.ni 2020 yil 7 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga majburiy keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlariga yuklatilgan bo‘lib, mas’ul xodimlar qaror ijrosini ta’minlash maqsadida fuqaro X.N.ning ish joyiga borgan vaqtida, fuqaro X.N. yonida bo‘lgan uyali telefon apparatini olib, xodimlarni videotasvirga tushirgan va ularga nisbatan turli noo‘rin so‘zlar, bo‘hton gaplarni gapirgan, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Voqea joyiga Samarqand shahar prokuraturasi mas’ul xodimlari chiqib, holat bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro X.N. shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan ham turli bo‘hton so‘zlarni gapirib, nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.