Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ilk bor bepul oksigenatorlar berildi

Samarqandda tug‘ma yurak yetishmovchiligi xastaligi bilan kasallangan kam ta’minlangan oila farzandlari uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Friedensdorf International xalqaro tashkiloti «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi viloyat bo‘limiga har biri 5 million so‘m turadigan 28 dona oksigenatorlarni bepul tuhfa etdi.

Bugun beg‘araz yordam tufayli 4 nafar bolaning yuragi sog‘lom urmoqda.

Bolalarda tug‘ma yurak yetishmovchiligi operatsiyasi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida o‘tkaziladi.

- 2018 yil aprelda biz ilk bor bolalarda ushbu xastalik bo‘yicha jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdik, - deydi kardiojarrohlik bo‘limi rahbari Maqsud Saidov. – Bu operatsiyada asosiy mablag‘ oksigenator-sun’iy qon aylanish apparati uchun sarflanadi.

Bugungi kunda viloyatimizda 3 yarim mingdan ortiq bolaga tug‘ma yurak yetishmovchiligi tashxisi quyilgan. Yaqin yillarda ham bu operatsiyani faqat xorijda qilish imkoniyati mavjud edi. Bu qimmat jarrohlik amaliyoti hisoblanib, Hindistonda 8-12 ming dollar, AQSh, Rossiya, Germaniya va Italiyada 7 ming dollardan yuqori turadi. Shuning uchun bunday murakkab jarrohlik amaliyotining Samarqandda ham o‘tkazilishi bu xastalik bilan og‘rigan bolalar o‘sayotgan oilalar uchun katta qulaylik yaratdi.

Zamira BOLTAYeVA.