Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi oshxona karantin qoidalarini buzgan holda to‘y o‘tkazgan

2020 yil 29 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-IIBga Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasida joylashgan “Maroqand” oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqarolar bilan to‘y o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Viloyat IIB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, “Maroqand” oshxonasida hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatdan ham ushbu oshxona ma’muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.

Oshxona ma’muriyatiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga yuborildi.