Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shavkat Mirziyoyev: Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq

“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘llaridan birini berish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘ona ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz, judayam. Mana shuni hammamiz aniq bilishimiz kerak. Juda orqadamiz.

Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq desak, bu ham haqiqat. Agar biz o‘zimiz mana shunday masalani, mana shunday xulosani o‘zimiz chiqarmasak, hech kim chiqara olmaydi. Ro‘y-rost aytishimiz kerak, ko‘p vazirlik, idora, korxona rahbarlari bu texnologiyalardan yiroq va o‘z ustidayam ishlamayapti. Jamiyatiniyam ishlatolmayapti, jamoasini ham ishlatolmayapti, ko‘pi shunga intilmayapti ham. Lekin shunga intilmagan rahbarlar, vazir bo‘ladimi, hokim bo‘ladimi, korxona rahbari bo‘ladimi, shuni hammamiz bilishimiz kerak. Agar mana shu raqamli texnologiyalardan o‘zimizni qiynab juda aniq rejalar qilib shug‘ullanmasak, biz ancha orqada qolib ketdik”.