Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Simyog‘ochdan qutulsa bo‘ladimi?

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov raisligida bo‘lgan tahlilda shu savolga amaliy javaob izlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hududida 560 mingta “stolba” mavjud, ularning 360 mingdan ortig‘i eski simyog‘och ustunlardir. Agar elektr ta’minoti idoralari rahbarlari aytgan rejaga qaralsa, har yili 15-20 mingta simyog‘och beton ustunlarga almashtirilganda ham, bu ish 15 yilda yakunlanadi. Hozircha “stolba”lar katta xarajat evaziga boshqa viloyatdan olib kelinyapti.

- Rahbarlarimizda tashabbuskorlik yetishmayapti, - dedi viloyat hokimi. – Aks holda, ular bu ishni o‘z tumanlarida yo‘lga qo‘yishlari mumkin edi. Buning uchun har bir mintaqada qonuniy sex ochib, mutaxassislarni jalb etish kifoya. Yoki, tayyor sexlarda davlat-sherikchilik hamkorligini yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Bu taklif ko‘pchilikka ma’qul tushdi.
Darvoqe, bunday tajriba Past Darg‘omda o‘zini oqladi. Bu yerda ko‘chalarni yoritish moslamasi o‘rnatiladigan temir ustunlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Tumandagi barcha katta yo‘llarga o‘rnatilgan bunday ustunlar ko‘chaga chiroy bag‘ishlamoqda.
Qani, kutamiz, qaysi tuman elektr ta’minotchilari bizga bu xayrli ishni boshlagani haqida xabar berar ekan?..