Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Virus aniqlangan "Ipoteka bank" xodimi kasallikni qayerda yuqtirgan?

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

- Ayni paytda koronavirus yuqtirgan «Ipoteka bank» xodimining virusni qayerdan yuqtirgani, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun surishtiruvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur bemorga oid ma’lumotlarni aniqlash jarayonida uning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgani ma’lum bo‘ldi.