Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov: Ta’limdagi islohotlarni o‘zimizdan boshlaylik

Bugun Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida xalq ta’limi boshqarma boshliqlari hamda maktab direktorlari va tajribali tizim xodimlari ishtirokida avgust kengashlariga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari (videoseminar tarzida) o‘z ishini boshladi.

2019-2020 o‘quv yili oldidan xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning kasbiy salohiyati hamda mahoratlarini yanada oshirish, o‘quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish lozim. Shu bois, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 6 avgustdagi “2019-2020 o‘quv yili avgust kengashlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida avgust kengashlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish maqsadida o‘qituvchilarni tayyorlash uchun ikki kunlik videoseminar tashkil etildi.

Viloyat o‘quv-seminarlari joriy yilning 19-20 avgust kunlari (Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida), tuman (shahar)larda fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘’ba yig‘ilishlari va yalpi yig‘ilishlar 22-24 avgust kunlari  hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 27-28 avgust kunlari pedagogik kengash yig‘ilishlari o‘tkaziladi.

Avgust kengashi davomida viloyat va tuman (shahar) xalq ta’limi kesimida 2262  nafar trener tayyorlanib, viloyatdagi 48 ming 825 nafar pedagog-xodimlarni o‘qitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, an’anaviy avgust kengashlari yalpi yig‘ilishlarida yil davomida samarali mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan ilg‘or, tashabbuskor, fidoyi pedagog-xodimlarni taqdirlash ko‘zda tutilgan.