Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy Sohil xavfsizlik xizmatiga xorijiy kemalarga qarata o‘q ochishga ruxsat berdi

Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi (mamlakatning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi) mamlakat Sohil xavfsizlik xizmatiga zarur hollarda chet el kemalariga qarata o‘t ochishga ruxsat beruvchi qonun qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qonun qirg‘oq qo‘riqchilariga chet el kemalari tahdidlarini to‘xtatish yoki oldini olish uchun «barcha zarur vositalardan» foydalanishga imkon beradi. Hujjatda ushbu tashabbus mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va dengiz hududlarini himoya qilish uchun ishlab chiqilganligi aytilgan.

Qonun sohil qo‘riqchilariga munozarali hududlarda riflar ustida qurilgan boshqa mamlakat inshootlarini yo‘q qilishga, XXR da’vo qilgan suvlardagi chet el kemalariga chiqish va tekshirishga ruxsat beradi. Shuningdek, qirg‘oq qo‘riqchisi kemalarning ushbu hududlarga kirishini cheklash huquqiga ega.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chun Inning ta’kidlashicha, qonun xalqaro amaliyotga mos keladi.

2020 yil 1 noyabrda amerikalik siyosatshunos Kristofer Leyn Qo‘shma Shtat va Xitoy qurolli qarama-qarshiliklar sari qadam tashlagani haqida ogohlantirgan edi. Uning fikricha, urushga undovchi omil Donald Tramp boshlagan savdo urushi tufayli qulayotgan AQSh-Xitoy munosabatlari mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzilishiga olib keldi. Vashingtonning texnologik siyosati esa Huawei singari xitoylik firmalari savdosini izdan chiqarishga qaratilgan.

Urushning yana bir sababi, Koreya yarim oroli bo‘lishi mumkin. Bunda AQSh va Xitoy ixtilofning qarama-qarshi tomonlarida. Bundan tashqari, mintaqadagi keskinlik Janubiy Xitoy dengizi va Tayland bo‘g‘ozidagi ikkala kuchli mamlakat harbiy manyovrlari tufayli kuchaygan.