Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorazmlik san’atkorlar chiqishi xorijliklar e’tiborida

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari 27 avgust kuni tanlov dasturi bo‘yicha chiqishlarini boshladi.

Registon maydonidagi sahnada tashkil etilgan tanlovning birinchi kunida  O‘zbekiston vakillari xorazmlik Botir Rahmonov va Kamronbek Erkinovlar Mashrab g‘azali bilan ’’Chapandozi suvora’’ hamda Munis va Fuzuliy g‘azallari bilan aytiladigan ’’Savti suvora’’ qo‘shiqlarini ijro etdi.

Ushbu chiqishlar tadbirni tomosha qilgan muxlislar, ayniqsa xorijliklar tomonidan munosib qarshi olindi.