Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaponiyaga ishga yuborish uchun tanishlarini 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «R.W.» xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5.000 AQSh dollaridan jami 20.000 AQSh dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.