Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaqin qarindoshlarning ishonchnomasiz avtomashina haydashi masalasida rasmiy izoh berildi

haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, eski namunadagi sug‘urta polislari blankasi bilan yurib bo‘lmasligi muammosi yuzaga kelgandi.

Ushbu muammoga IIV YHXBB boshlig‘i O.Saidov izoh bergan, deb yozmoqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 noyabrdagi 915-son qaroriga asosan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va boshqarishi mumkinligi belgilanib, yangi namunadagi sug‘urta polisi blankalari ham tasdiqlangan.

Haqiqatan ham hozirgi kunda sug‘urta kompaniyalari tomonidan yangi namunadagi sug‘urta polisi blankalarini chop etish va amalga kiritish bo‘yicha muammo mavjud.

Ta’kidlash lozimki, mazkur muammoning yechimi topilishidan eng avvalo biz manfaatdormiz. Chunki yo‘l-patrul xizmati inspektori bilan haydovchi o‘rtasidagi munosabatlarning qay tarzda shakllanishi ham shunga bog‘liq. Shu bilan birga, Moliya vazirligi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi mazkur muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rayotganligini ma’lum qilamiz», deyiladi izohda.