Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Arigo jumbog‘i

XX asr o‘rtalarida Braziliyada Joze Pedro de Fretos ismli favqulodda qobiliyat sohibi yashagan. U Xose Arigo taxallusi bilan dovrug‘ qozongan.

De Fretosning mashhurligiga sabab shu ediki, u tibbiyot ma’lumoti shakllanishiga qaramasdan bemorlarga aniq tashxis qo‘yar, jarrohlik operatsiyalarini mohirlik bilan o‘tkazar edi. Huzuriga kelgan falajlar tabib muolajasidan so‘ng o‘z oyog‘i bilan yurib ketar, ko‘rlar ko‘rar, karlar eshita boshlardi. O‘zining o‘n besh yillik tabiblik tajribasiga ko‘ra Arigo 2 million nafardan ortiq bemorni davolagan.

Voqea bunday bo‘lgandi. Uyqusiz tunlardan birida Jozening ko‘z oldida Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan jarroh Adolf Prendsezining arvohi paydo bo‘ladi va davolash amaliyoti bilan shug‘ullanishini aytadi...

U yashayotgan qashshoq joyda ko‘pchilik braziliyalik bemorlarning tibbiy yordam olishga imkoni yo‘q edi. Shu bois arvoh shartlariga ko‘ra, de Fretas so‘ngi umidda yashayotgan bemorlar orasida bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay tabib yashayotgan kamtarona kulba eshigi oldida davolashga muhtoj ulkan olomon to‘plana boshlaydi. Ammo muvaffaqiyatga erishish bilan birga u o‘z-o‘ziga son-sanoqsiz dushman ham orttirib oladi. Negaki, uning tabibligi tibbiyot qonun-qoidalariga mutlaqo zid edi.

1968 yilda parapsixolog hodisalar bo‘yicha AQShda Andri Puxachir boshchiligida mashhur tadqiqotchilardan iborat komissiya tuzildi. Uning tarkibiga turli mutaxassislardagi yigirmadan ziyod tibbiyot vakillari kiritilgan edi. Ular Arigo tomonidan qo‘yilgan tashxislarni va bemorlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar tavsiyalar etilgan dori-darmonlarni sinchiiklab ko‘rib chiqdilar.

 Komissiya xulosasi kutilgandek bo‘lib chiqdi: olimlar Arigoning davolash usullarini umuman tushuna olishmadi. Ular aniqlagan yagona narsa shu bo‘ldiki, Arigo tashxis, biror davoda xatoga yo‘l qo‘ymagan. Jarrohlik operatsiyalarida foydalangan pichoqlar oldin sabzavotlarni maydalashda ishlatilgan bo‘lsa-da, stirilizatsiyalanmagan, ya’ni tozalanmagan. Shunga qaramasdan bemorlar tez tuzalgan.

 1971 yilda Arigo halok bo‘ladi. Bu haqda u o‘z do‘stlariga avvalroq ogohlantirgan ekan. Yo‘lovchilar bilan to‘la avtobus tep-tekis, ravon yo‘lda ag‘darilib ketgan. Shunisi qiziqki, unda faqat Arigo halok bo‘lgan, boshqa yo‘lovchilarning hattoki biror joyi shikastlanmagan.

Biz yashayotgan dunyo sir-sinoatlarga to‘la va inson aqlbovar qilmaydigan hodisalar hozirda xam ro‘y berib turadi. Ilm-fan anchagina taraqqiy etganiga qaramay, ular qanday sodir bo‘lishiga javobdan ko‘rsa savollar ko‘p.

T.Shomurodov tayyorladi.