AQShga yuborishga yordam beraman deb pul olgan ikki firibgar ayol qo‘lga olindi
- 02.07.2019 13:05
- 91
- Jinoyat va jazo
 
                                                                        Toshkentda firibgarlik sodir etgan fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 62 yoshli N.S. va 46 yoshli Z.I. ismli ayollar 2019 yilning 7 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Asaka mahallasi hududida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 36 yoshli M.A.ga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 17 670 dollarni olgan va pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.S. va Z.I.lar qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
                        
                        Teglar:
                                                    firibgarlik
                                            
                            O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtning erta-kechi bo‘lmaydi
- 22 daqiqa avval
- Jamiyat
Mutolaa: Mehr og‘ushi (Hikoya)
- 2 soat avval
- Mutolaa
 
                 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    