Ishtixon “Obod qishloq”laridagi ob’yektlar foydalanishga topshirildi
- 01.11.2019 15:12
- 233
- Samarqand

Ishtixon tumanida "Obod qishloq" dasturi asosida Sheyxlarkent, Bo‘ston va Xalqobod qishloqlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Jumladan, mazkur qishloqlarda 3 ta umumta’lim maktabi, ikkitadan qishloq oilaviy poliklinikasi va maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirlandi, Bo‘ston tez yordam shoxobchasi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. Obod qishloqlarda 3 ta suv inshooti qurilib, 9,5 kilometrga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, qishloqlardagi 483 ta kam ta’minlangan oilalarning uy-joylari ta’mirlandi.
Dastur asosida Sheyxlarkent qishlog‘ida 48 xonadondan iborat 4 qavatli, 10 ta kam ta’minlangan oila uchun yangi uylar qurildi. Bugun esa tumanda dastur asosida bajarilgan ishlar va yangi qurilgan ob’yektlar foydalanishga topshirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- Kecha, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- Kecha, 10:39
- Samarqand