1 yanvardan elektron mehnat daftari joriy etiladi

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori (PQ–4502-son, 31.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK);

- yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “YaMMT” IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;

- “YaMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari.

“YaMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi.

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YaMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi tashkil etildi.