10-sinf o‘quvchisi “Pur-Pur” tungi klubida nima qilayotgan edi?
O‘tgan 2018 yilda Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning dars mashg‘uloti vaqtida hamda tungi vaqtlarda qarovsiz va nazoratsiz yurishlarini oldini olish maqsadida 562 marotaba “O‘quvchi” va “Tun” kabi profilaktik reydlar, shuningdek muntazam ravishda davomat tadbirlari o‘tkazildi.
Davomat tadbirlari davomida 877 nafar (418 nafar maktab, 459 nafar kollej) o‘quvchilar darslarga uzrli sabablarsiz, shundan 662 nafar (172 nafar maktab, 490 nafar kollej) o‘quvchilar darslarga muntazam ravishda kelmayotganligi aniqlandi.
Ularning 626 nafari (maktab-326, kollej, litsey-300) o‘qishga qaytarildi,
-51 nafari viloyat IIB HPB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi,
-120 nafarining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan ma’muriy chora ko‘rish uchun hududiy hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar komissiyalariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib yuborildi.
Shuningdek o‘tkazilgan reydlar natijasida, jami 130 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ular Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga olib kelindi.
Jumladan, 107 nafar voyaga yetmagan o‘quvchilar dars vaqtlarida bozorlarda nazoratsiz va qarovsiz yurganligi, 23 nafar voyaga yetmagan o‘quvchilar esa tungi vaqtlarda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz va nazoratisiz tungi klublarda yurganligi aniqlandi.
O‘tgan 2018 yil dekabr oyining so‘ngida Samarqand shahrida joylashgan “Pur-Pur”, “Cavalli”,“Suxuruns” va “Jeyran” tungi klub va restoranlarda o‘tkazilgan reydlar davomida, “Pur-Pur” tungi klubida soat 23:00larda,Samarqand tumanida yashovchi, umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, 2002 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan A.A. chilim iste’mol qilib o‘tirganligi aniqlanib, uning ota-onasi hamda tungi klub boshqaruvchisiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Voyaga yetmagan A.A. ota-onasiga topshirildi.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.