12 fevral kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladi

2021 yil 9 fevral kuni  Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi 2021 yil 12 fevral kuni soat 10:00 da chaqirilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

- viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilovning “Yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Mamadqulovning “Millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i I.Hamroyevning “Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish va transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida”gi hisoboti;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining viloyatda xususiy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti;

- kichik sanoat zonalari direksiyasi direktori A.Yusupovning “Samarqand viloyati Jomboy tumani Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi hisoboti;

- Turkiya Respublikasi fuqarosi Mehmet Xushxurxoji hamda Dominikan Respublikasi fuqarosi Ghanbari Mohammad Ebrahimlarga “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risida.

- viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va samarali ishlashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mutaxassislarini tayinlash to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.