13 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining birinchi sessiyasi bo‘ladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov «Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

Unda oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining birinchi sessiyasi 2020 yil 13 yanvar kuni soat 9:00 da chaqirilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- 2019 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida;

- tashkiliy masala;

- xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish haqida.

Sessiyaga deputatlar, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligi guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, shahar, tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.