15 kunda 15 mingdan ortiq muammo aniqlandi

Viloyat Xalq qabulxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyining 15 kuni mobaynida tuman va shahar xalq qabulxonalari xodimlarining uyma-uy yurib o‘rganishlari natijasida 15 ming 483 ta muammo aniqlangan hamda ularning  1 325 tasi o‘rganishlar jarayonida hal etilgan.

– Muammolarning aksariyati uy-joyga muhtojlar, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti, suyultirilgan gaz ballonlari, doimiy ish o‘rinlariga ehtiyojmand xonadonlar va oilalar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, – deydi viloyat Xalq qabulxonasi mutaxassisi T.Murtazoyev. – Shuningdek, xonadonlarga kirilganda sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, kadastr, moddiy yordamga muhtojlik, bankdan kredit olish bilan bog‘liq masalalar ham aniqlanyapti. Hududlardagi mazkur kamchiliklarni mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan yillik hamda o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu rejalarning ijrosi Prezident Administratsiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.

O‘z muxbirimiz.