19 mart kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi o‘tkaziladi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 13 mart kuni “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi 2021 yil 19 mart kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning “Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligidagi “Muvofiqlashtiruvchi guruhlar”, boshqaruv ofislari va mahallalarga biriktirilgan doimiy vakillar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi taqdimoti;
- viloyat prokurori (2-sektor rahbari) R.Masharipovning “Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlar hamda viloyatni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan viloyat 2-sektor tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat davlat soliq boshqarmasi (4-sektor rahbari) A.Inag‘omovning “Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlar hamda viloyatni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan viloyat 4-sektor tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inag‘omov, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Xudoyqulov hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziqulovlarning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari;
- viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i D.Ochilovning “Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2020 yil davomida olib borgan faoliyati to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i Q.Hasanov va “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari K.Yusupovning “Samarqand viloyatining shahar va tumanlari hududlarida ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari, ichki xo‘jalik yo‘llari va ulardagi ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisobotlari;
- viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Rahmatullayevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-sonli “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti;
- boshqa masalalar.