20 yoshli ko‘rinishga ega qariya
- Braziliyalik 60 yoshli Nil Marino o‘zining qanday qilib 20 yoshli ko‘rinishini sirini ochdi. U bunga muntazam shug‘ullanish orqali erishgan ekan, - deb xabar beradi "The Sun" ijtimoiy tarmog‘i.
Erkakning tashqi ko‘rinishi tarmoqdan foydalanuvchi ko‘pchilikni hayratga soldi. Braziliyalikning chehrasida birorta ajin yo‘q, sochiga oq oralagan bo‘lsa-da jismoniy holati a’lo darajada, yoshiga nisbatan uch karra yosh ko‘rinadi. «Mening yoshim 32 da, ko‘rinishim 86 day, bu olamda nimadir joyida emas», deb yozadi obunachilaridan biri ajablanib. Boshqa birini esa «Nil Marino yuzi 30 yoshda,tanasi esa 20 yoshda», deb hisoblaydi.
- O‘zini tashqi qiyofasiga qiziqish ortib ketgach, braziliyalik mashg‘ulotlar haqida batafsil hikoya qildi.
“Men haftaga besh kun - har kuni 100 martadan besh marta o‘tirib-turaman. Kunning ikkinchi yarmida har kuni, bu ham besh marta zalda tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanaman va har kuni velosipedda yoki piyoda yuraman", deb yozadi Marino.
Mushuk keltirgan omad
Amerikaning Vashington shtati, Takoma shahri pochtasi xodimi yo‘qolgan mushukni qutqarish evasiga lotoreyada jekpotni yutib oldi.
Pochtachi Jozef Valdxerr xat-xabar tarqatib yurar ekan, mushuk "miyov"lashini eshitdi. Jozef atrofni qarab chiqdi, biroq jonivorni topmadi. U ertasi kuni o‘sha yerda yana "miyov"lagan ovozni eshitdi va uylardan biri devorining tor tirqishidan tiqilib qolgan mushukni ko‘rdi. Uni qutqarib, uyiga olib kelgan Jozef mushukcha unga omad olib kelishini his etdi. U do‘konga borib lotoreya sotib oldi. Oradan ikki kun o‘tgach, pochtachi xotini bilan lotoreya o‘yini natijalarini tekshirib ko‘rdi va… xursand bo‘lganidan sal bo‘lmasa hushini yo‘qotayozdi.
Uning lotoreyasi raqamida 717,5 ming dollar yutuq chiqqandi.
"Daydi mushukcha sharofati bilan yutuqqa erishdim", deydi pochtachi. Mushuk Piches degan nom oldi va xonadon arzandasiga aylandi.
- Xudoga shukur, hech narsaga muhtoj emasmiz. Yutuq pulimizni xayr-ehson ishlariga sarflaymiz, - deydi Jozef.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.