200 nafardan ortiq jismoniy shaxslar sayyor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Samarqand viloyati prokuraturasi, soliq inspeksiyasi, Davlat xizmatlari markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida hududlardagi yirik savdo-majmualari va bozorlarda noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar aniqlanib, o‘sha joyning o‘zida sayyor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari markazi telegram kanali.

Natijada 200 nafardan ortiq jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat guvohnomalari berildi.