2018 yilda iqtisodiy sud ishlarida 435 nafar vakil videokonferensaloqa orqali sud jarayonida ishtirok etdi

Samarqand viloyat "Matbuot uyi"da o‘tkazilgan brifingda Samarqand viloyat iqtisodiy sudi raisi M.Bozorov 2018 yilda Samarqanddagi iqtisodiy sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha OAV xodimlariga ma’lumot berdi:

- 2018 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan 34 774 ta ish ko‘rib chiqildi. Jumladan, ko‘rilgan ishlarning 20 120 tasi (57,9 foizi) ma’muriy huquqiy munosabatlarga, 14 074 tasi (40,5 foizi) fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid ishlardir. Shuningdek, joylarda  sayyor sud majlislari 22 860 ta ish ko‘rib chiqildi.

      Hozirgi vaqtda tadbirkorlik sub’yektlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining www.supcourt.uz veb-sayti orqali respublikaning istalgan iqtisodiy sudlariga nafaqat da’vo arizalari va iltimosnomalarni, balki apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari, nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi arizalarni ham o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda taqdim etishlari mumkin. Jumladan, 2018 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan 9 ming 577 ta da’vo ariza elektron shaklda viloyat iqtisodiy sudiga taqdim etildi.

Bundan tashqari, hisobot davrida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 435 nafar vakillari o‘zlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa rejimida o‘zga hududda o‘tkazilgan sud protsesslarida qatnashdi.