2019 yilda «Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining rejasi nimalardan iborat?
Joriy yilda viloyatning 14 ta tumanidagi 42 ta mahallada “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, qishloq hududlaridagi 20 687 ta xonadonda yashovchi aholiga qulay sharoitlar yaratiladi.
Dasturga muvofiq qishloqlarda 34 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi va 82 dona kirish yo‘laklariga temir eshiklar o‘rnatiladi, 65,0 km uzunlikdagi piyodalar yo‘laklari (trotuarlar) quriladi va 1964 dona tungi yoritish ko‘cha chiroqlari o‘rnatiladi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 171,3 km ichimlik tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi va 24,0 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirib berilishi rejalashtirilgan.
305 km elektr tarmoqlarini ta’mirlash hamda 145 dona transformatorlari almashtirilib, 5030 dona tayanch ustunlari o‘rnatiladi.
Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha 11,0 km gaz tarmoqlari ta’mirlanib, aholiga 5541 dona suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib beriladi.
Ichki xo‘jalik yo‘llarini joriy ta’mirlash ishlari (asfalt va shag‘al qoplamasini yotqizish) 437,6 km.ga bajarilib, 95,3 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanadi.
Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 17 dona avtobuslar xarid qilinib, 73 ta bekatlar zamonaviy usulda quriladi.
Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish (ta’mirlash) bo‘yicha jami
84 ta shundan 44 ta umumta’lim maktablari, 16 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida, 24 ta sog‘liqni saqlash muassasalari ob’yektlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.
Bozor infratuzilma ob’yektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha loyiha qiymati 45,9 mlrd. so‘mlik 220 ta bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurib foydalanishga topshiriladi.
166 km irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari rekonstruksiya qilinib, 10,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanadi.
Dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 372,062 mlrd. so‘m, mahalliy byudjetdan 54,6 mlrd. so‘m, markazlashgan mablag‘lar hisobidan 196,2 mlrd.so‘m, tarmoq korxona mablag‘lari hisobidan 28,5 mlrd.so‘m, mahalla jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar homiylik xayriyalari mablag‘lari hisobidan 10,8 mlrd. so‘m, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari hisobidan 30,7 mlrd.so‘m, tijorat bank kredit mablag‘lari hisobidan 51,3 mlrd. so‘m va boshqa homiylik mablag‘lari yo‘naltiriladi.
“Obod mahalla” dasturi doirasida Samarqand shahrida va Kattaqo‘rg‘on shahrida 40 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 9,2 km elektr va 50,3 km. ichki yo‘llar ta’mirlanadi.
Ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha jami
24 ta, shundan 4 ta umumta’lim maktablari, 9 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida, 2 ta sog‘liqni saqlash muassasalari va 9 ta boshqa ob’yektlarida (6 ta mahalla binosi, 1 ta madaniyat uyi, 1 ta istirohat bog‘i, 1 ta universal sport majmuasi,) qurish ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Ushbu ob’yektlarni qurilish-montaj ishlari uchun jami 23,4 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtiriladi.
Bozor infratuzilma ob’yektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha loyiha qiymati 13,9 mlrd. so‘mlik 39 ta bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.