2020 yilda salkam 25 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritildi
O‘tgan yili viloyatda jami 24 ming 708 gektar yerlar, shundan 3 ming 788 gektar sug‘oriladigan yerlar hisobidan, 20 ming gektar lalmi va yaylov yer maydonlari qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritildi.
Bu maydonlarga 5 ming 187 gektar bog‘, 9 ming 345 gektar tokzor tashkil qilindi. Shuningdek, 1 ming 784 gektar yerga dukkakli ekinlar, 521 gektariga moyli, 382 gektariga sabzavot, 629 gektariga poliz, 3 ming 813 gektariga ozuqa hamda 3 ming gektar yerga boshqa ekinlar ekildi.
Yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun 16,7 kilometr irrigatsiya tarmoqlari yaxshilandi, 23 ta tik quduq va 1 dona nasos agregatlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirildi. Natijada 1,4 ming gektar yer maydonlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan foydalanishga kiritildi.
2021 yilda lalmi yer maydonlarini o‘zlashtirish hisobidan 4 467 gektar hamda foydalanishdan chiqqan 3 253 gektar yer maydonlari foydalanishga kiritilib, 1,2 ming gektar bog‘ va 3,9 ming gektar tokzorlar barpo qilinadi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Samarqand viloyati kengashi axborot xizmati.