2021-2022 yil kuz-qish mavsumigacha Samarqandda 294 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanishi kerak. Bugungi holat qanday?

Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi 2021-2022 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborildi.

 Hozirgacha 9 ta ko‘p qavatli uy sifatli ta’mirdan chiqarildi, 9 ta uyning kirish yo‘lagi ta’mirlandi. 20 ta bolalar maydonchasi va sport maydonchalari qurilib, mavjudlari tartibga keltirildi. Ammo qilinadigan, rejadagi ishlar undan ham ko‘p. 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumigacha viloyatdagi 294 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 294 ta ko‘p qavatli uylar ta’miri uchun xarajatlar loyihasi ishlab chiqildi, 112 ta ko‘p qavatli uy homiylar tomonidan ta’mirlanadigan bo‘ldi.

Samarqand shahridagi 105 ta ko‘p qavatli uylar ta’mirlash rejasiga kiritilgan bo‘lib, ularning 85 tasida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Narpay tumanida beshta ko‘p qavatli uy homiylar tomonidan ta’mirlandi, Bulung‘ur tumanida ham beshta uy ta’mirdan chiqarildi. Samarqand tumanidagi bitta ko‘p qavatli uyning tom qismi, Nurobod tumanidagi ikkita ko‘p qavatli uyning ichki muhandislik va kommunikatsiya tizimi ta’mirlandi. Ishtixon tumanidagi beshta ko‘p qavatli uyda ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati.