21 avgust kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘ladi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 14 avgust kuni «Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Unda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi 2020 yil 21 avgust kuni soat 9:00 da chaqirilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyozovning karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qat’iy rioya etishlari zarurligi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi yuzasidan viloyat ahliga murojaati to‘g‘risida;
- viloyat prokurori F.Zufarovning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2020 yil 6 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;
- viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevning 2020 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi (14-D-son) Kengash so‘rovi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning axboroti to‘g‘risida;
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
- tashkiliy masala;
boshqa masalalar.