25 iyun kuni Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi
Viloyat hokimi E.Turdimov “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘ttiz beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasini 2021 yil 25 iyun kuni soat 9:00 da chaqirish belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli yuzasidan hisoboti;
- “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati direktori G‘.Mamatqulovning viloyat aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ahvoli yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 23 oktyabrdagi 100/15-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha hisoboti;
- Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Zakirovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- boshqa masalalar.