25 yoshli samarqandlik qizning onasini kaltaklagani bo‘yicha IIB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizi o‘z onasini urayapti" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 2022 yil 14 fevral kuni Samarqand shahar "Bog‘ibaland" mahallasida sodir bo‘lgan.

Samarqand shahar "Imom Vose" mahallasida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan H.N. "Bog‘ibaland" mahallasida yashovchi kenja qizi, 1997 yilda tug‘ilgan I.N.ning xonadoniga kelib, u bilan o‘zaro uy-joy masalasida tortishib qolgan. Oqibatda ona va bola o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Holat Samarqand shahar IIB 6-son ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hujjatlashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.