3 chorakda tadbirkorlarga 36,4 milliard so‘m mablag‘ manfiy QQS hisobidan qaytarildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n beshinchi sessiyasida hisobot bergan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inag‘omov joriy yil 3 chorakda viloyatda noqonuniy ishlayotgan 18 mingdan ortiq fuqaro asosiy ish joyiga rasmiylashtirilgan va 54 mingdan ortiq ilgari “norasmiy” ishlagan fuqarolar faoliyati legallashtirilgan.
Shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz elektron xizmatlari portali orqali yuridik shaxslar uchun 52 ta, jismoniy shaxslar uchun 23 ta va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 15 ta elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
1 oktyabrgacha mazkur portal orqali masofadan 26,6 mingta korxonaga 345,4 mingta, 14,1 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkorga 38 mingta va 39,7 ming jismoniy shaxsga 1,4 millionta elektron davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi bilan soliq to‘lovchilarning 40,9 milliard so‘m soliqlarining to‘lov muddatlari kechiktirilgan.
Shuningdek, joriy yil 1 iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali birgina 3-chorakda 35 ta tadbirkorga 36,4 milliard so‘m mablag‘ manfiy QQS hisobidan qaytarib, shu miqdorda aylanma mablag‘ sifatida o‘zida qoldirish imkoniyati berildi.