47-qavatdan yiqilib, omon qolgan oyna tozalovchi
Statistikaga ko‘ra, uchinchi qavatdan yiqilgan odamlarning faqat yarmi omon qoladi. 10-qavatdan pastga qulashdan keyin deyarli kishi tirik qolmaydi. Qizig‘i, Amerikada Nyu-Yorkdagi 47 qavatli osmono‘par binoning tomidan qulagan deraza tozalovchi Alsides Moreno yashaydi.
2007 yilning 7 dekabrida Moreno va uning ukasi Edgar 47 qavatli «Solou Tauer» minorasining derazalarini tozalashlari kerak edi. Odatda ular binoning yuqori qavatiga chiqib olib, oynalarni tepadan pastga qarab yuvardi.
Alcides Moreno yiqilganini eslamaydi
Halokat darhol sodir bo‘ldi. AQSh Mehnat Departamenti hisobotiga ko‘ra, ular eni besh metrlik qurilish osma belanchagiga ko‘tarilishganda, uni ushlab turgan kabellar tomga o‘rnatish joyidan sirg‘alib ketgan.
- Birinchi bo‘lib chap tarafdagi kabel chiqib ketdi. Ukam o‘sha yerda turardi. Ammo hech narsa qilolmadi, biror chora ko‘rishning iloji ham yo‘q edi, - deydi Alcides Moreno.
Aniqlanishicha, Edgar soatiga taxminan 190 kilometr tezlikda 144 metr pastga qulab, tor ko‘chaga tushib ketgan. Ko‘p o‘tmay, Alcidesning yonidagi kabel ham uzilib, uni ham pastga uchirib yuborgan.
Tez orada voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. Ularning oldida dahshatli manzara paydo bo‘ldi va endi Edgarga yordam berishning iloji yo‘q edi...
Alsides esa byelanchakning maydalangan metall qismlari orasidan topildi. U qo‘lida byelanchak boshqaruv panelini mahkam ushlab turgancha, egilgan holatda yotardi. Shu bilan birga, u nafasolar va guvohlarning aytishicha, hatto oyoqqaturmoqchi bo‘ldi, lekin buning uddasidan chiqolmadi.
Har qanday to‘satdan qilingan harakat uning o‘limiga olib kelishi mumkinligini bilgan qutqaruvchilar uni “mo‘rt tuxum kabi” juda ehtiyotkorlik bilan “Tez yordam” mashinasida olib ketishdi.
Moreno zudlik bilan yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi va u yerda ko‘plab operatsiyalarni boshdan o‘tkazib, omon qoldi.
Nyu-York-Presviterian shifoxonasi rahbari doktor Gerbert Pardes o‘sha paytda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Agar siz tibbiy mo‘’jiza haqida eshitmoqchi bo‘lsangiz, Alsidesa Morenoning hodisasi bunga misol bo‘la oladi”, dedi.
- Hatto to‘rtinchi qavatdan yiqilganlar orasida omon qolish darajasi juda past, - dedi Nyu-York shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi xodimi Glenn Asayeda. - Bu yerda mo‘’jiza sodir bo‘lgan, xolos.
- Mening tanam chandiqlar bilan qoplangan, bel jarohati tufayli endi yugura olmayman, faqat yuraman, - deydi Alsides. - Avvalgidek bo‘lmasam-da, yura olganim uchun Xudoga shukurlar qilaman. Bu juda ajoyib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u yana osmono‘par binolarning derazalarini yuvishga qaytgisi keladi, chunki hamma narsaga qaramay, u balandlikdan qo‘rqmaydi. Biroq sog‘lig‘i tufayli Moryeno o‘z ishiga qayta olmaydi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.