6 martdan boshlab Samarqand - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
- 04.03.2023 14:48
- 338
- Samarqand
Avval xabar berganimiz, Samarqand va Toshkent shahrini bog‘lovchi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobus 2022 yilning 18 iyul sanasidan boshlab yo‘lovchilarga xizmat qilib kelmoqda. Avtobuslarning jo‘nash vaqti soat 7.00 qilib belgilangan.
Viloyat transport boshqarmasiga ko‘ra, yo‘lovchilarning mazkur yo‘nalishga talabi ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, dushanba, 6 mart sanasidan boshlab yana bir qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda Samarqand shahar, Temiryo‘l vokzali hududidan soat 9.00 da ham Toshkent shahriga avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
Toshkent shahridan esa 14.00 va 15.00 da Samarqandga yo‘l oladi. Yo‘l kira narxi 48 000 (qirq sakkiz ming) so‘m etib belgilangan.
Teglar:
avtobus qatnovi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand