Samarqand viloyatida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik bilan bog‘liq 613 ta sud buyruqlari chiqarilgan

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik bilan bog‘liq 613 ta yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 378 taga ko‘p ishlar bo‘yicha sud buyruqlari chiqarilgan.

Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talablar yuzasidan 2018 yilning 9 oyidagiga qaraganda 716 taga ko‘p, ya’ni 4143 ta sud buyruqlari chiqarilgan.

Fuqarolik ishlarining ko‘paygan toifalari yuzasidan nizo kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarini aniqlash va aholi o‘rtasida ularning huquqlarini tushuntirishga doir og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.