7 oyda 55 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzlari undirildi

Iqtisodiyotning tayanchi sanalgan tadbirkorlik sub’yektlarining emin- erkin faoliyat yuritishiga alohida e’tibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Biroq yaratilayotgan sharoitlarga qaramasdan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan tadbirkorlik sub’yektlari ham yo‘q emas. Buning oqibatida esa boqimanda qarzdorlik yuzaga kelmoqda.

Boqimandlik va shunday kayfiyatga berilish azaldan xalqimizda qoralangan. Zero, boqimandalikni o‘ziga ep ko‘rgan, mas’uliyatga panja orasidan qaraydiganlarning biri ikki bo‘lmaydi.

-Joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyati bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining 55 milliard 746 million so‘mlik soliq qarzlari undirildi, – deydi Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akmal Valiyev. – Masalan, Samarqand shahrida faoliyat olib boruvchi "ISHCHI TA’MINOT" mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1 milliard 663 million 587 ming 403 so‘mlik qarzi undirilganini ta’kidlash joiz. Past Darg‘om tumanida ish yurituvchi "FRIDAY BUILDING" mas’uliyati cheklangan jamiyatining ham soliqlardan qarzdorligi 99 million 806 ming 452 so‘mga yetgan edi. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’yekt soliq qarzlarini to‘ladi.

Umid Alimov,

Samarqand viloyati davlat soliq

boshqarmasi axborot xizmati xodimi.