7 sotix zaxiradagi yer maydonini sotishga uringan firibgar ushlandi
- 24.02.2023 17:38
- 215
- Qonun va hujjatlar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, fuqaro O‘.M. boshqa bir fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, unga 20 000 AQSh dollari evaziga tumanning “Ohalik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7 sotix zaxiradagi yer maydonida uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
noqonuniy yer sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shokoladni yaxshi ko‘radigan qo‘shnim...
- Bugun, 09:16
- Mutolaa