7650 ga yaqin kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi

2019 yilning 1 dekabrigacha viloyatimizda 7648 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 martaga ko‘p.
Joriy vaqt davomida Samarqand shahri (2142 ta), Past Darg‘om (656 ta), Samarqand (640 ta) va Urgut (618 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shrabot (161 ta), Narpay (191 ta), Paxtachi (193 ta) hamda Nurobod (234 ta) tumanlarida ham kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.