8 iyundan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Odamlarning kasallikni yuqtirib olish xavfi katta emasmi?

Jamoat transportlariga quyidagi talablar belgilangan:

➖ transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;

➖ avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;

➖ haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Kasallikning oldini olish va karantin tadbirlariga amal qilish o‘z qo‘limizda. Ilmiy asoslangan va barcha uchun oddiy bo‘lgan gigiyena qoidalariga amal qilish orqali kasallikdan himoyalanish mumkin, deb javob berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda.