8 oylik farzandini 5 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. (2000 yilda tug‘ilgan, oilali) 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 000 AQSh dollariga sotib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matubot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.