8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani, Oqtepa mavzesi, 15-uy oldidagi elektr kabeli ilingan issiq suv quvurida elektr kuchlanishi yuzaga kelgan.

2020 yil 20 avgust kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizaloq ushbu quvurining temir ustunini ushlashi oqibatida tok urib, vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 22 avgust kuni Shayxontohur tumani elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 207-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.    

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.