8,5 million so‘mlik bioaktiv qo‘shimchalar bojxonadan o‘tolmadi

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoro aeroporti chegara bojxona posti xodimlarining sinchkovligi natijasida yurtimizga olib kirilishi taqiqlangan bioaktiv qo‘shimchalar o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Unda xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro I.U.  o‘zining xatti-harakatlari bilan bojxonachilar e’tiborini tortdi va tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada,  u o‘zi bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan holda, umumiy qiymati  8,5 million so‘mlik 47 dona xorijda ishlab chiqarilgan bioaktiv qo‘shimchalarni olib o‘tishga uringanligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi.